Остеохондроз касаллиги хакида маълумот

Ushbu patologik holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarning turli-tumanligi, klinik ko‘rinishlarining xilma-xilligi, tez-tez qaytalanuvchanligi, asoratlarining og‘irligi va surunkali kechishi sababli bemorlarda sog‘lom turmush faoliyatini cheklanishi va aksariyat, faol mehnat faoliyatini yurituvchi yoshlarda nogironlikka olib kelishi, bu boradagi ko‘plab davolash-reabilitatsiya hamda nogironlik masalalarini o‘rganish naqadar dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. Umurtqa kasalliklari ma’lum bir makon va xududiy chegara tanlamasligi sababli, O‘zbekiston sharoitida ham ko‘pincha og‘ir nogironlikni keltirib chiqaruvchi patologiyalardan biri hisoblanadi.


Dunyo olimlarining kuzatishicha, sayyoramiz aholisining 85 foizdan ko‘prog‘i umurtqa pog‘onasi osteoxondrozidan azob chekadi. Ayni vaqtda bu xastalik aksariyat hollarda kishilarni bora-bora mehnatga layoqatsiz qilib qo‘ymoqda. Masalan, Yaponiya, Shvesiya, Angliya, Chexiya va Slovakiyada davlatlarida umurtqa osteoxondrozi kasalliklari asoratlari tufayli nogironlik ko‘paygan. Bemorlarning asosiy qismi tekshirilganda ularning xastaligi umurtqa pog‘onalari orasidagi gardish (disk) bilan bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi. Shuni hisobga olib keyingi yillarda bemorlarni samarali davolash usullari ishlab chiqildi va tibbiyotda “vertebrologiya” yo‘nalishi shakllandi. Endilikda ko‘pgina mamlakatlarda, xususan bizda ham osteoxondrozni davolash bo‘yicha yuqori samara beradigan vertebrologiya ilmiy-amaliy markazlari ish yuritadi.

Ma’lumki, osteoxondroz asosan og‘riq belgisi bilan kechadi. Og‘riqlar kelib chiqishining bosh sababi umurtqa pog‘onalari orasidagi gardishning lat yeyishi, jarohatlanishidir. Ya’ni, o‘ta og‘ir yuk ko‘tarish yoki bel sohasining yallig‘lanishi natijasida umurtqa pog‘onasi faoliyati izdan chiqadi.
Shuningdek, umurtqa pog‘onasi kanali ichidan orqa miya o‘tadigan tirqishning torayib qolishi (stenoz), spondeloartroz rivojlanishdagi notabiiy holat – spondilolistez, umurtqa pog‘onasidagi yallig‘lanish ta’sirida hosil bo‘lgan shishlar bel sohasida kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi.

Tibbiyot amaliyotida umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi, bel va dumg‘aza atrofi hamda bo‘yin sohasi osteoxondrozlari farqlanadi. Umurtqa pog‘onasining ko‘krak qismi osteoxondrozi juda sust og‘riqlar bilan kechib, bemorni unchalik bezovta qilmaydi. Lekin o‘z vaqtida oldi olinmasa, boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, bemor oylab-yillab o‘t-tosh xastaliklarini davolanadi, lekin tekshirib ko‘rilsa, bu kasallikka “ turtki” bergan ko‘krak osteoxondrozi bo‘lib chiqadi.

Xo‘sh, ko‘krak osteoxondrozini bemorning o‘zi qanday aniqlashi mumkin? Agar chuqur nafas olganda ko‘krak sohasidagi og‘riq sezilsa, o‘ng qo‘lni ko‘targanda qo‘ltiq yoki qovurg‘alarda noqulayliklar vujudga kelsa yoki bemorga ko‘krak ostda “bosilish, qisilish” hislari yuz berayotganday tuyulsa, darhol shifokorga ko‘rinib, davolanish shart.
Umurtqa pog‘onasining bel va dumg‘aza osteoxondrozi ko‘pincha meyoridan ortiq yuk ko‘tarish, qaltis harakat qilish natijasida belning shikastlanishi tufayli yuzaga keladi. Bunda bel sohasidagi umurtqalararo teshikdan chiquvchi nervlar qisiladi, qattiq og‘riq paydo bo‘ladi, xuruj paytida og‘riq butun tanaga yoyilib hatto bemorning tovoni ham og‘riy boshlaydi. Og‘riqning tez-tez kuchayib turishidan cho‘chib, bemor bukchayib (o‘zini ehtiyotlab) yuradi. Agar bemor doim bukchayib yuraversa, bu holat jigar, o‘t, o‘pka, yurak va boshqa ichki a’zolar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, bora-bora umurtqa pog‘onasi qiyshayishi ham mumkin. Bu holatda og‘riq kechayu kunduz tinmasdan bemorni qiynab qo‘yadi.

Ostexondroz kasalligini davolash ikki usulda (dori-darmon yoki jarrohlik yo‘li bilan) olib boriladi. Dori-darmon (konservativ) noinvaziv usulida davolanganda bemorning umurtqa pog‘onasi cho‘ziladi. Ya’ni, u tekshirilib so‘ng rejali ravishda maxsus stolga yotqizilib, oyoqlariga 10-15 kilogrammlik toshni 20 daqiqadan to bir soatga qadar osib qo‘yiladi. Shuningdek, davolash jismoniy badantarbiya mashqlari va uqalash muolajasi bilan ham bajariladi. Og‘riqqa qarshi va patogenetik dori preparatlar tavsiya etiladi. Bel sohasiga parafin, elektrofarez, diadinamik tok qo‘yiladi, rodonli vanna qabul qilish ham foydali.

Umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismi osteoxondrozida ushbu sohaga tegishli nerv ildizchalarida og‘riq, pleksit (nerv chigallarining o‘tkir yallig‘lanishi), braxialgiya (yelkada paydo bo‘ladigan og‘riq), bo‘yin radikuliti kuzatiladi.
Bugungi kunda tibbiyot amaliyotida bo‘yin osteoxondrozi ko‘p uchrayotganligi tufayli ushbu mavzuga alohida to‘xtalaylik. Bu kasallikning dastlabki belgilarini ilg‘ash qiyin emas, ya’ni umurtqaning bo‘yin qismidan chiqadigan orqa miya ildizchalari qisilishi natijasida yelka va bo‘yin atrofi og‘riydi, harakatlanganda og‘riq kuchayadi, shuningdek, qo‘lda chumoli o‘rmalagandek bo‘ladi, bo‘yinni uyoq va bu yoqqa burish chog‘ida qisirlash eshitiladi. Qo‘l panjalarida sovuqlik va uvishish seziladi, ko‘krak, ayniqsa yurak sohasida og‘riq bo‘lishi mumkin.

Umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida juda ko‘p nervlar va qon tomirlari mavjudligi sababli bo‘yin osteoxondrozi kechishiga qarab turli ko‘rinishlarda tashxislanadi.
Og‘riqli sindrom umurtqalardagi nerv tolalarining qisilishi (kompressiya) tufayli sodir bo‘lib, bunda og‘riq bo‘yin, yelka va qo‘lga tarqaladi. Ba’zan og‘riq yengil darajada, xuddi “tok urgan”dek bo‘lishi mumkin. Bemor yo‘talganda, qo‘lini qimirlatganda, bo‘ynini yon tarafga burganda zo‘rayadi.

Spinal sindrom esa umurtqadagi disk churrasi bilan bog‘liq holda kechadi. Chunki disk churrasi bo‘yin sohasidagi orqa miyani qisib qo‘yadi. Oqibatda mutaxassis shifokorlar “diskogen miyelopatiya” deb ataydigan og‘ir holat yuzaga keladi. Bemorda sezgining buzilishi, qo‘l-oyoqlar falajlanishi, quvvatsizlik ro‘y beradi. Bu darda ayollardan ko‘ra erkaklarda ko‘proq, ayniqsa 50 yoshdan oshgan kishilarda kuzatiladi.

Vegetativ sindrom kuzatilganda bemorlarning bo‘yin va yelka qismidagi doimiy og‘riq, qo‘llarning sovib ko‘kimtir tusga kirishi, mushuklarning atrofiya (ozish)ga uchrashi bezovta qiladi. Bu sindrom kechishida bemorning boshi og‘riydi, tez asabiylashadigan bo‘lib qoladi, xotirasi susayadi.

Kardial sindrom bo‘yin osteoxondrozida muhim ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda ushbu kasallik davrida yurak sohasida og‘riq kuchayadi, ayrim shifokorlar esa buni stenokardiya (ko‘krak qisishi) yoki miokard infarktining boshlang‘ich davri deb noto‘g‘ri tashxislaydilar. Aslida bu sindromni “bo‘yin stenokardiyasi” deyish mumkin, chunki bunda bemor boshini burganida, qo‘lini yuqoriga ko‘targanda yoki aksa urganida yurak sohasidagi og‘riq kuchayadi, xuruj esa 1,5-2 soatcha davom etadi.

Bo‘yin osteoxondrozi asosan novokainli blokada qo‘llaniladi. Blokada tufayli vaqtincha og‘riq kamayadi, mushaklar yumshaydi, qisilib turgan nervlar va qon tomirlar faoliyati meyorga qaytadi. Shuning uchun ham blokada qilish muolajasi (buni faqat mutaxassis shifokor bajaradi) ham simptomatik davolash chorasi hisoblanadi.
Uqalash (massaj) va davolash (badantarbiya) mashqlari esa bo‘yin-yelka sohasida qon aylanishini yaxshilaydi, mushaklar tonusini meyorga keltiradi. Bunda bo‘yin osteoxondrozi ancha yengil kechadi va bemorni ortiqcha bezovta qilmaydi.
Fizioterapevtik usullar (ya’ni elektrofarez, ultratovush, Berner toklari, induktotermiya, parafinli aplikatsiya) bemor uchun juda foydali, bunday davo muolajalari ambulatoriya-poliklinikalar sharoitida ham amalga oshiriladi, bu esa bemorga ancha qulaylik yaratadi. Agarda yuqoridagi davo usullari bemorga naf bermasa, masalan, bemor bosh miyasida qon aylanishi buzilishi, orqa miya qisilishi, qo‘l-oyoqlar falajlanishi holatlarida jarrohlik amaliyoti qo‘llanadi.


Osteoxondrozni davolovchi mashqalar

Umurtqa pog‘onasi osteoxondrozining oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga amal qilish lozim:

  • bir joyda uzoq vaqt muqim o‘tirishdan saqlaning va ish oralig‘ida o‘n-o‘n besh daqiqa dam olib, harakatli yengil mashqlarni bajarib turing;
  • agar uzoq yo‘lga ketayotganda transportda tik turishga to‘g‘ri kelsa, qorin mushaklarini taranglashtiring, shunda umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tushmaydi;
  • dam olayotganingizda ham uzoq vaqt gavdangizni egib o‘tirmang va uni tik tutib o‘tirishga harakat qiling;
  • tunda uxlaydigan to‘shagingiz biroz qattiqroq bo‘lgani ma’qul;
  • belni yelvizakdan, sovuq va zaxdan asrang. Izg‘irinli kunlarda belga junli bog‘lama (bandaj) yoki siqib turuvchi moslama (korset) taqib yurish foydalidir.

Umurtqa pog‘onasini qanchalik ehtiyotlasangiz, u sizga shunchalik ko‘p vaqt xizmat qiladi va sog‘lom bo‘lishingizni ta’minlaydi. Unutmangki, osteoxondrozni davolashda to‘g‘ri ovqatlanish ham muolajalarning foydaliligini oshirishga xizmat qiladi. Eng avvalo tamaki chekishdan voz keching. Chunki nikotin umurtqa pog‘onasi yonidan o‘tgan katta-kichik tomirlarning torayishiga sabab bo‘ladi va natijada umurtqalararo gardish to‘la oziqlana olmaydi. Sho‘r, o‘tkir ta’mli va qovurilgan ovqatlar hamda achchiq damlangan choyni cheklangan miqdorda iste’mol qiling. Muolaja olayotganda yalpiz, tog‘rayhon, do‘lana, na’matak damlab ichish juda foydali hisoblanadi.
Ovqatlarga lavr bargi, shivit, petrushka, qalampirmunchoq qo‘shing, kaliyga boy meva-sabzavotlar (masalan, turshak, olxo‘ri qoqisi, mayiz, shaftoli, o‘rik, kartoshka, karam, baqlajon), shuningdek tarkibida magniy elementi ko‘p bo‘lgan mahsulotlar (soya, suli va grechixa yormalari, bug‘doy kepagi, bodom, yong‘oq)ni tez-tez iste’mol qilb turing.

Bo‘yin osteoxondrozini davolashga yordam beradigan maxsus mashqlarni shifokor bilan maslahatlashgan holda uy sharoitida bajarsangiz bo‘ladi. Masalan:

  • o‘tirib yoki tikka turgancha boshingizni pastga engashtirib, iyakni ko‘krakka tekkizishga harakat qiling. Shu bilan birga ko‘zingiz iloji boricha bo‘yn tomonga qarasin. Rostlanayotib nafas oling, bir zum tanaffus qilib, nafas chiqarib yana boshingizni pastga eging. Mashqlarni shoshilmay 10 marta takrorlang;
  • tikka turib peshonangizni devorga tirang va 10-15 soniya qimirlamay devorga boshingizni bosing. Xuddi shu mashqni boshingizning gardan, o‘ng va chap qismi bilan takrorlang;
  • tik turgancha barmoqlaringizni boshingizni ensa qismiga qo‘yib, tirsaklarni birlashtiring. So‘ngra iyagingizni bilakka tekkizishga harakat qiling. Barmoqlarni qimirlatmay bilaklarni iloji boricha tepaga ko‘taring. Bo‘yningizni cho‘zgan holatda 10-15 soniya turing;
  • burningizni qalam deb tasavvur qiling. O‘tirgan holda burun-qalam bilan 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni va 9 dan 0 gacha bo‘lgan sonlarni “yozing”. Bunday mashqlarni bajarish muvozanatni saqlaydigan vestibulyar apparatga ham foydali;
  • yerga qorningiz bilan yotib, qo‘llaringizni tana bo‘ylab cho‘zing va kaftlarni tepaga qarating. Boshingiz bilan oldinga qarang. Tanani bo‘sh qo‘yib boshingizni sekin-asta o‘ngga qarating va qulog‘ingiz yerga tegsin. Keyin dastlabki holatga qaytib, chapga xuddi shu tariqa buring. Mashqni kamida 10 marta qaytaring.

Foydali maqolalarni Telegram kanalimizda kuzatib boring!


Бугунги кунда сайёрамизнинг 85 фоиздан кўпроқ аҳолиси умуртқа поғонаси остеохондрози касаллигидан азоб чекади. Айниқса, Япония, Швеция, Буюк Британия, Чехия каби давлатларда ушбу касаллик асоратлари сабабли ногиронлар сони анча ортган. Беморларнинг аксарияти умуртқа поғоналари орасидаги гардиш (диск)нинг емирилиши касаллигига чалинган. Тиббиёт соҳасида вертебрология йўналиши пайдо бўлиши билан ушбу хасталикни самарали даволаш усуллари топилди. Юртимизда ҳам остеохондрозни самарали даволаш бўйича вертебрология илмий-амалий марказлари фаолият юритмоқда.

Умуртқа поғоналари орасидаги гардишнинг лат ейиши натижасида беморда кучли оғриқ пайдо бўлади. Оғир юк кўтариш ёки белнинг яллиғланиши натижасида унинг фаолияти издан чиқа боради. Шунингдек, умуртқа поғонаси канали ичидан орқа мияга ўтадиган тирқишнинг торайиб қолиши ва бошқа яллиғланишлар таъсирида ҳосил бўлган шишлар белда кучли оғриқни келтириб чиқаради.

Умуртқа поғонасининг кўкрак, бел ва думғаза атрофи ҳамда бўйин остеохондрозлар фарқланади.

Кўкрак остеохондрози жуда суст оғриқлар билан кечиб, беморни кўп безовта қилмайди. Лекин ўз вақтида бартараф этилмаса, бошқа касалликларга сабаб бўлиши мумкин. Беморлар кўп вақт ўт-тош хасталикларидан даволанади, лекин, синчиклаб текшириб кўрилса, бу касалликка "туртки" берган айнан кўкрак остеохондрози бўлиб чиқади.

Хўш, бу касалликни беморнинг ўзи ҳам аниқлаши мумкинми? Агар чуқур нафас олганда кўкракда оғриқ сезилса, ўнг қўлни кўтарганда қўлтиқ ёки қовурғаларда ноқулайликлар вужудга келса ёки беморга кўкрак остида босилиш, қисилиш ҳислари юз бераётгандай туюлса, дарҳол шифокорга кўриниши шарт.

Умуртқа поғонасининг бел ва думғаза остеохонд­рози кўпинча меъёридан ортиқ юк кўтариш, қалтис ҳаракат қилиш натижасида юзага келади. Белдаги умуртқалараро тешикдан чиқувчи асаб томирлари қисилиб, қаттиқ оғриқ пайдо бўлади. Хуруж пайтида оғриқ бутун танага ёйилиб, ҳатто беморнинг товони ҳам оғрий бошлайди. Оғриқнинг тез-тез кучайиб туришидан чўчиб, бемор букчайиб юришга мажбур бўлади. Доимо букчайиб юравериш эса жигар, ўт, ўпка, юрак ва бошқа ички аъзоларнинг фаолиятига салбий таъсир кўрсатади. Бундан ташқари, бора-бора умуртқа поғонаси қийшайиб қолиши мумкин.

Остехондроз икки усулда - дори-дармон ёки жарроҳлик йўли билан даволанади. Ноинвазив усулида даволанганда беморнинг умуртқа поғонаси чўзилади. Шунингдек, даволаш жисмоний бадантарбия машқлари ва уқалаш муолажаси билан ҳам бажарилади. Оғриққа қарши дори-дармонлар тавсия этилади. Белга парафин, электрофарез, диадинамик ток қўйилиши, шунингдек, родон сувли ванна қабул қилиш ҳам фойда беради.

Бўйин остеохондрозида асаб илдизчаларида оғриқлар нервнинг ўткир яллиғланиши, елкада пайдо бўладиган оғриқ ҳамда бўйин радикулити кузатилади. Елка ва бўйин атрофи оғрийди, ҳаракатланганда оғриқ кучаяди, шунингдек, қўлда чумоли ўрмалагандек бўлади. Бўйинни уёқ ва бу ёққа буриш чоғида қисирлаш эшитилади. Қўл панжаларида совуқлик ва увишиш сезилади, кўкрак, айниқса, юракда оғриқ бўлиши мумкин. Оғриқ умуртқалардаги нерв толаларининг қисилиши туфайли содир бўлиб, бўйин, елка ва қўлга тарқалади. Баъзан оғриқ енгил даражада, худди "ток урган"дек бўлиши ҳам мумкин. Йўталганда, қўлни қимирлатганда, бўйинни ён тарафга бурганда зўраяди. Спинал синдром эса умуртқадаги диск чурраси билан боғлиқ ҳолда кечади. Чунки диск чурраси орқа мияни қисиб қўяди. Оқибатда беморда сезгининг бузилиши, қўл-оёқлар фалажланиши, қувватсизлик рўй беради. Бу дард аёллардан кўра эркакларда кўпроқ, айниқса, 50 ёшдан ошган кишиларда кузатилади. Аслида бу синдромни "бўйин стенокардияси" дейиш мумкин, чунки бунда бемор бошини бурганида, қўлини юқорига кўтарганда ёки акса урганида юрак соҳасидаги оғриқ кучаяди, хуруж эса 1,5 - 2 соатча давом этади.

Уқалаш ва даволаш машқлари эса бўйин-елка соҳасида қон айланишини яхшилаб, мушаклар тонусини меъёрга келтиради. Бунда касаллик анча енгил кечади ва беморни ортиқча безовта қилмайди. Физиотерапия усуллари жуда фойдали, бундай даво муолажалари поликлиника шароитида ҳам амалга оширилади. Агарда бемор бош миясида қон айланиши бузилиши, орқа мия қисилиши, қўл-оёқлар фалажланиши ҳолатларида жарроҳлик амалиёти қўлланади.

Абдуваҳоб ҚАРШИЕВ, республика ихтисослаштирилган травматология ва ортопедия илмий-амалий тиббиёт маркази вилоят филиали бўлим бошлиғи.

Kun.uz “Sog‘lom hayot” loyihasini davom ettiradi. Bugun sizga xalq tilida “oqqon” nomi bilan ataladigan kasallik – leykoz to‘g‘risida ma'lumot beramiz. Hozirgacha kasallikning kelib chiqish sabablari to‘liqligicha o‘rganilmagan, bu sirli xastalik uzoq vaqt davolanish va katta mablag‘ni talab etadi.

Video: Mover (tas-ix)

Xo‘sh, oqqon kasalligi qanday kasallik, uni davolashning qanday usullari bor? Davolanish davomida nimalarga ahamiyat berish zarur? Savollarimizga javob olish maqsadida “Gematologiya va qon-quyish ilmiy tekshirish instituti” bolalar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Boboxonovaga yuzlandik.

– Oqqon kasalligi bu onkologik holat - qon raki. Xalq tilida oqqon, tibbiyotda leykoz yoki leykemiya deb ataladi. Kasallik kelib chiqishining aniq sabablari hali tibbiyotga noma'lum, profilaktik me'yorlari ham yo‘q. Bu kasallikka bola ham, ayol kishi ham, katta yoshdagi odam ham chalinishi mumkin. Kasallik butun dunyoda – rivojlangan davlatlarda ham, qoloq davlatlarda ham uchraydi.

Oqqon murakkab kasallik bo‘lib, XXI asrda davolanishi mumkin bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatiga kirmoqda. O‘zbekistonni olib qaraydigan bo‘lsak, 20 yillar oldin oqqonni samarali davolash usullari hali u qadar o‘rganilmagan edi. Hozirgi vaqtga kelib bu kasallikni yenguvchi davo muolajalari yo‘lga qo‘yilgan.

To‘g‘ri, oqqon kasalligi uzoq davolanadigan kasalliklar toifasidan. Bir necha kimyoterapiya kurslari o‘tkazilishi lozim. Undan keyin ushlab turuvchi kimyoterapiyalar ham bor. Kasallikning ba'zi bir turlari borki, ximioterapiya holatidan chiqqandan keyin (remissiya holati) suyak iligini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari tavsiya qilinadi.

– Oqqon kasalligining belgilari nimalarda namoyon bo‘ladi?

– Oqqon kasalligi butun organizm kasalligi bo‘lgani uchun, u har xil belgilar bilan boshlanishi mumkin. Kasallikning boshlanishi bolalarda asosan:

- umumiy holsizlik va shamollash;

- keyinchalik ahamiyat berilmasa burun qonashi yoki ko‘karishlar;

- limfa tugunlarining kattalashishi;

- jigar, taloqning kattalashishi bilan kuzatilishi mumkin.

Boshlanishida ko‘pincha umumiy holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishiga o‘xshash umumiy belgilar bilan boshlangani uchun ko‘pchilik shifokorlar (asosan pediatrlar) uni shamollashga yo‘yib, shunga qarshi dorilar berishadi. Maslahatim shundan iboratki, umumiy qon tahlili tumanlarda, mahalliy QVPlarda ham tekshiriladi. Shamollash belgilari mavjud bo‘lsa, umumiy qon tahlilini ham tekshirishsa yaxshi bo‘lardi. Chunki aynan shu tahlil ko‘p savollarimizga javob bera oladi. Ko‘pincha umumiy qon tahlili vaqtida topshirilmasdan, kechikib murojaat qilganlar ham bo‘lgan. Shuning uchun mening tavsiyam – bunga jiddiy qarash lozim. Umumiy qon tahlilida biror-bir o‘zgarish borligi aniqlanadigan bo‘lsa, mutaxassis-gematologlarga yuborish kerak.

– Oqqon-leykozning qanday turlari mavjud?

– O‘tkir leykozlar ikkita katta turga bo‘linadi, bular: limfoblast va miyeloblast leykozlar. Oqqon (leykoz) tashxisi qo‘yilishi uchun zarur bo‘lgan tahlil o‘tkaziladi, ya'ni suyak ichidan namuna olinadi. Buni shifokor gematolog amalga oshiradi. Blast hujayralari aniqlangandan so‘ng, tsitoximiya tahlili o‘tkaziladi. Shu tahlil bo‘yicha kasallikning turi aniqlanadi. Bu qo‘shimcha testlar orqali genetik o‘zgarish va saraton hujayralari tomonidan hujayra yuzasining ma'lum belgilarini ifodalash bilan ko‘rib chiqiladi. Ushbu testlarning natijalaridan kasallikni tasniflash va optimal davolanish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun foydalaniladi.


Davolashning yana bir usuli suyak iligini ko‘chirib o‘tkazishdir. Hozircha O‘zbekistonda bu operatsiya amalga oshirilmaydi. Biz bemorlarni bu bo‘yicha xorijiy klinikalarga yo‘llashga majburmiz.

Bemorlarimizning tuzalib ketishi uchun zaruriy omillarga kelsak, avvalambor diagnostikani oxirigacha o‘tkazish, to‘g‘ri ximioterapiya kurslarini tanlash zarur. Davolash jarayonida bir jamoa bo‘lib ishlash, ya'ni ota-onalarning bizga bo‘lgan ishonchi va bergan ko‘rsatmalarimizni yuz foiz bajarishi juda muhim.

Yana bir holat, bemorlarimiz birinchi kursni tamomlagandan so‘ng ko‘p hollarda tabiblarga yoki o‘zini “doktor” deb ataydiganlarga ketib qolishadi. Bolalar uzoq davolanishi sababli immuniteti pasayadi. Immuniteti pasaygandan so‘ng bolaga judayam jiddiy va har tomonlama nazorat kerak. Bu gigiyenik holat, ovqatlanish tartibi, vaqtida yotib vaqtida uyg‘onish, vaqtida dorilarini ichish kabi choralardir. Buning uchun ota-onaga sabr-toqat kerak. Chunki butun jarayon 3-4 yilni tashkil qilishi mumkin. Shuncha vaqt bolani vaqtida ovqatlantirish, vaqtida cho‘miltirishga ko‘p ota-onalarning sabr-bardoshi yetmaydi. Bu kasallikni bir sinovdek qabul qilib, davolanish kerak.

– Nahot rivojlangan tibbiyot leykozning kelib chiqish sababini aniqlay olmagan bo‘lsa?

– Kelib chiqishi bo‘yicha turli nazariyalar mavjud. Lekin aniq bir sabab belgilanmagan. To‘g‘ri, avloddan-avlodga o‘tish, yuqish nazariyasi bor. Hammasi o‘rganilyapti, lekin murakkab tadqiqotlar yakuniy xulosa bermagan. Shuncha vaqtdan buyon bemorlarimiz bilan ishlayotgan shifokorlar bor, lekin ular orasida leykoz yuqish holati kuzatilmagan. Avloddan-avlodga o‘tishi ham hali isbotlanganicha yo‘q. Ko‘pchilik bemorlarimiz “bizning avlodda yo‘q edi, qayerdan paydo bo‘ldi?” deb savol berib qolishadi. Bu kasallik nasldan-naslga o‘tmaydi. To‘g‘ri, qon kasalliklari ichida nasldan-naslga o‘tadiganlari bor, lekin bu oqqon kasalligi emas.

Oqqon kasalligi juda murakkab kasallik hisoblanadi. Chunki qon butun tanamiz bo‘ylab harakatlangandan keyin har bitta hujayramiz, har bitta a'zomiz zararlanishi mumkin. Shuning uchun ham davolanish vaqti juda uzoq. Chunki har bir organni davolashga to‘g‘ri keladi.


– Oqqon kasalligining qaytalanish sabablari aniqlanganmi?

– Qaytalanish sabablari ham hali tibbiyot tomonidan yuz foiz aniqlanmagan. Ko‘p holatlarda, masalan miyeloblast leykozni ilik ko‘chirib o‘tkazmasdan, faqat ximioterapiya kursini qilib, remissiyaga chiqarib, ushlab turuvchi davolash rejasini o‘tkazib bo‘lganimizdan so‘ng, ma'lum vaqt o‘tib qaytalanib qolish holati kuzatiladi.

Limfoblast leykozlarda ham ilik ko‘chirib o‘tkazish tavsiya qilingan. Lekin buni amalga oshirish qiyin, birinchidan juda katta mablag‘ zarur, ikkinchidan boshqa davlatga borish kerak. Hamma ham buning uddasidan chiqa olmaydi. Shuning uchun qaytalanib qolishi mumkin. Bu haqda oldindan hech kim ayta olmaydi.

Kasallik boshlanishida davolashga kirishsak, yaxshi natijalarga erishamiz. Buning uchun esa fuqarolarimiz bir yilda ikki marta maxsus tekshiruvlardan o‘tishlari, qon analizlari topshirib turishlari kerak bo‘ladi. Chunki 3-4 yil davomida bola organizmi dori-darmonlardan charchaydi. Bu kasallikka qarshi kurashish uchun ishonch bo‘lishi kerak, ishonchsiz bu kasallikni davolab bo‘lmaydi.

Katta yoshdagi bemorlarga qaraganda kichik yoshdagilarning sog‘ayish foizi yuqoriroq. Chunki katta yoshdagilarda organizmning boshqa a'zolari bilan ham muammolari bo‘ladi. Yosh bemorlarda esa unday emas. Shuning uchun ko‘proq yosh bemorlarimiz tuzalib ketadi. Yana bir tomoni borki, bizning bemorlar sog‘ayib ketgandan keyin, bola sal shamollab qolsa ham boshqa shifokorga bormay bizga murojaat qilishadi. Shuning uchun bizning shifoxonamizda go‘yo kasallar ko‘p bo‘lib ko‘rinadi. Aslida unday emas.

– Kasallik o‘lim bilan yakun topishiga qanday sabablar bor?

– Bemorlar vafot etishiga ko‘p holat sabab bo‘lishi mumkin. Avvalambor, kech tashxis qo‘yilishi. Bundan tashqari, oxirigacha tashxis qo‘ya olmagan vaqtlarimizda ham vafot etishlari mumkin. Yana bir holat bor – oxirigacha davolanmaslik. Yoki bo‘lmasa infeksiya yuqib qolishi natijasida ham bemor vafot etishi mumkin.

Hozirgi kunda ilik ko‘chirish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, Oliy Majlisda bu boradagi qonun loyihasi ko‘rilmoqda. Agar qabul qilinsa, yurtimizda ham ilik ko‘chirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Albatta bu judayam katta qadam bo‘lardi, yanada ko‘proq bemorlarimiz shifo topib ketar edilar.

– Nega markazga viloyatlardan ko‘plab bemorlar kelishadi?

– Taklif qilardikki, bizdagi sharoitlar viloyatlarda ham bo‘lsa. To‘g‘ri, bu yuqori texnologik davolanish rejasiga kirgani uchun dori-darmonlar ham juda ko‘p ishlatiladi. Poytaxtda buning iloji bor, viloyatlarimizda esa kerakli dorilar topilmaydi. Bemorlardan eshitishimizcha, ko‘p joylarda bu kasallikni davolashdan qo‘rqishadi ham. “Oqqonmi? Bo‘ldi, davolab bo‘lmaydi”, degan tushuncha shakllanib qolgan.

To‘g‘ri, biz ham davolashga yuz foiz kafolat berolmaymiz. Lekin ko‘p bemorlarimiz tuzalishyapti. Ko‘pchilik viloyatlardagi shifoxonalar bemorlarni faqat Toshkentga yuboradilar. Bizda 1 kurs 1-1,5 oyni tashkil qilsa, shu vaqt davomida bolaga qarashning o‘zi bo‘lmaydi. Oila butunligi degan jihatlar bor. Ba'zan bolaning otasi birga keladi, unga ham bu yerda joy kerak. Bu ham ortiqcha xarajat. Toshkentda davolatish uchun ijarada turib yashash juda og‘ir.

Oqqon kasalligini jamoa bo‘lib davolash kerak. Bitta shifokor davolashi qiyin. Ko‘p viloyatlarda mutaxassislarimiz yetishmaydi. Chunki ish stavkalar kam. Albatta ular davolashga qiynaladilar. Toshkentda dorilarni topish osonroq, homiylarni ham jalb qilish mumkin. Balki shuning uchun ham ko‘pchilik poytaxtga intilar.

Yana shuni alohida ta'kidlashni istardimki, bu kasallikda turli tabiblarga borish mutlaqo mumkin emas. Kasallik ildiz otib bo‘lgandan keyin uni davolash qiyin bo‘ladi.

Dori-darmonlar masalasida ham gapirib o‘tish kerak. Shubhasiz, dorilar juda qimmat. Shuning uchun oqqonga chalingan bolalar uchun alohida jamg‘arma tashkil qilinsa deyman. Jamg‘arma komissiyasi orqali kimga qaysi dori kerak bo‘lsa, olib berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Homiy tashkilotlarimiz, yordam berish istagida bo‘lgan insonlar bor. Faqat ba'zida gapga usta, o‘zini ko‘rsatishni biladigan bemorlarimiz homiylarni jalb qila bilyapti va yordam olyapti. Gap bilmaydiganlari, uyaladiganlari yordamsiz qolib ketadi. Shuning uchun jamg‘arma tashkil qilinishi hamma uchun qulay bo‘lib, bemorlarga bir xil yordam bo‘lar edi.

Rahmatilla Isroilov tayyorladi.

uzbekiston 18.03.2020 Жаҳон Comments Off on Оитс касаллиги – белгилари, даволаш 708 Показы

ОИТС – вируслар иммун тизимининг зарарланиши натижасида янги касалликларнинг ва ёмон сифатли янги ҳосилаларнинг пайдо бўлиши билан характерланади.


Маълумки, бугунги кунда ушбу касаллик дунё бўйича “пандемия” тусини олмоқда. БЖТССТнинг 2002 йилдаги маълумотига кўра, ер юзида ОИВ/ОИТС билан касалланганлар 42 млн. кишини ташкил этади. Улардан 38,6 млн. катта ёшдагилар, 19,2 млн. аёллар, 3,4 млн. 15 ёшгача болалардир. 2002 йилнинг ўзида ОИТС хасталиги билан касалланган 3,1 млн. бемор вафот этди. Шу кунгача ОИТС хасталигидан вафот этганларнинг сони 25 млн. кишига етди. Бу рақамлар 13 йил олдинги рақамлар эди.

ОИТС хасталигининг аср вабосига айланаётганлигини эътиборга оладиган бўлсак, бу касаллик ҳақида бонг уришимиз, оммавий-ахборот воситаларида доимий равишда ёритиб боришимиз лозим. Бу ҳолатлар эса одамларни огоҳликка чорлайди. Шу йўл орқали касаллик тарқалишининг ва ёш болалар, аёллар, бегуноҳ жонларнинг ўлимининг олдини олишга ёрдам берамиз.

ОИТС қандай бошланган?

1980 йилнинг октябр ойидан 1981 йилнинг март ойигача Американинг Лос-Анжелес шаҳридаги учта шифохонада “Пневмоцист зотилжам” ташхиси билан бешта бемор даволанган. Бу касаллик жуда оғир ўтиши ва бу касалликни чақирувчи вируслар дориларга чидамлилиги билан бошқа касалликлардан ажралиб туради. Бу касаллик жуда кам учрайди, асосан чала туғилган чақалоқларда, иммун тизимининг пасайишга олиб келувчи дори воситалари қабул қилганларда ёки радионурлар таъсирига учраган одамларда ва саратон билан касалланган шахсларда аниқланади. Яъни, пневмоцистли зотилжам касаллиги пайдо бўлиши иммун тизимининг жиддий шикастланганини кўрсатади. Аниқланишича, ушбу беморларда иммун тизимининг сусайишига олиб келадиган бирон сабаб бўлмаган. Улар ёш бесоқолбозлар бўлган. Беморларнинг иммун тизими текширилиб кўрилганда лимфоцитлар сонининг кескин камайиб кетганлиги аниқланган. Касаллик белгилари асосида бу хасталик “Орттирилган иммунитет танқислиги синдроми” ОИТС деб номланган.

БУНИ БИЛАСИЗМИ?

ОИТС касаллигини юқтириб олиш хавфи бўйича аҳолининг айрим гуруҳи “хавфли гуруҳ”га киритилади. Ушбу “хавфли гуруҳ”га гиёҳвандлар, нотаниш шахслар билан пала-партиш жинсий алоқа қилувчилар, жинсий алоқа йўли билан юқадиган касалликларга чалинган шахслар киради. Аҳолининг бу гуруҳи жамиятда ўз хулқ-атворининг бузуқлиги туфайли ОИТС касаллигига кўпроқ дучор бўладилар ва касалликни тарқатиш хавфи ҳам жуда юқори бўлади.

КАСАЛЛИКНИ НИМА ҚЎЗҒАТАДИ?

ОИТС касаллигини вируслар қўзғатиб, мураккаб вируслар қатторига киради. ОИТС касаллиги ўта хавфли юқумли касалликлар тоифасига киради. Касалликнинг манбаи бемор ва одам иммунитет танқислиги вирусини ташиб юрувчи шахслар ҳисобланади.

КАСАЛЛИК ҚАНДАЙ ЮҚАДИ?

1.Жинсий алоқа йўли орқали-аёлдан эркакка, ёки эркакдан аёлга юқади.

2.Парентерал йўл орқали, яъни вирус билан зарарланган қон ва қон маҳсулотлари қуйилганда, ностерил шприцлар ва тиббий асбоб-ускуналардан фойдаланилганда, тери бутунлиги бузилиши билан кечадиган барча муолажаларда юқиши мумкин.

3.Вертикал йўл орқали, яъни ОИТС вирусини ташувчи онадан ҳомилага ёки чақалоққа туғруқ жараёнида ва туғилгандан сўнг она сути орқали юқиши мумкин.

БУНИ БИЛАСИЗМИ?

Эмизикли ёшдаги болалар ОИТС хасталиги билан хасталанган бўлса, онасига ушбу касалликни юқтирган ҳолатлар амалиётда аниқланилган. Уларнинг оғиз шиллиқ қаватида турли яралар бўлади. Натижада сўлаги қон билан аралашади. Бола она кўкрагини эмаётган вақтида тишлаши мумкин. Тишлаган соҳада эса жароҳатлар пайдо бўлади. Шу соҳадаги жароҳатга сўлак билан аралашган қондаги вирус тушади. Натижада боладаги касаллик онага ўтади.

КАСАЛЛИК БЕЛГИЛАРИ НИМАДАН ИБОРАТ?

Яширин давр – бир неча ойдан 10 йил ва ундан кўпроқ йилгача давом этиши мумкин. Бу босқичда ташхис фақат тахминий бўлиши мумкин. Бу даврда клиник белгилар бўлмайди ва ОИТС вирусига қарши антителлалар ишлаб чиқарилмайди. Хасталикка чалинган одамлар соппа-соғ, иш фаолияти бузилмаган, ўзини бемор деб ҳисобламайди. Бироқ, бу одамлар касалликнинг тарқалишида муҳим рол ўйнайди.

Белгиларнинг юзага чиқишида беморларнинг 30-50 % касаллик ўткир бошланиб, тана ҳарорати кўтарилади, ангина ёки фарингит белгилари кузатилади. Бўғимлар, мушаклар оғриши мумкин. Жигар, талоқ ва лимфа тугунларининг катталашиши кузатилади. Бу даврда бемор даволанишга муҳтож эмас. Аста-секин беморларда танадаги барча лимфа тугунларининг катталашуви, катталашган лимфа тугунлар орасидаги оғриқ кузатилади. Беморларнинг жинсий қобилияти ва иш фаолияти сақланган бўлади. Зарур бўлганда бемор амбулатор даволаниш билан чегараланади. Кейинги даврда беморнинг иммунитети кескин пасайиб кетганлиги боис, турли касалликлар келиб чиқади. Беморнинг аҳволи оғир бўлади. Масалан, сурункали гепатит, пневмония, камқонлик, сил, турли саратон касалликлари. Касалликнинг сўнгги босқичи, яъни терминал даврда оддий сўз билан айтганда, бемор ўлим тўшагида ётади. Аҳволи ўта оғир, озиб кетган, вақти-вақти билан тана ҳарорати кўтарилиб туради. Қондаги гемоглобин миқдори жуда пасайиб кетади. Бемор аҳволи кун-сайин оғирлашиб, ўлим билан тугайди.

ОИТС ҚАНДАЙ ТАШХИСЛАНАДИ?

Касалликда қонда вируслар топилиши ва умумий қон таҳлилидаги ўзгаришлар, иммун тизимидаги бузилишлар асосида ташхис қўйилади.

ОИТС ҚАНДАЙ ДАВОЛАНАДИ?

Ҳозирги даврда ОИТС касаллиги билан касалланган беморларни бутунлай тузалиши имконияти йўқлиги сабабли дааволашнинг мақсади беморнинг умрини узайтиришга ва унинг ҳаёт кечиришини яхшилашга қаратилган бўлиши лозим.

Бу даҳшатли хасталик кўплаб машҳурларни ҳам ҳаётдан олиб кетган.

*Фредди Меркьюри (1946-1991), инглиз мусиқачиси ва “Quееn” гуруҳининг солисти.

*Рок Хадсон (1925-1985), америкалик актёр, ОИТС га чалинганини ошкор этган илк машҳур инсон.

*Рудольф Нуреев (1938-1993), ХХ асрнинг энг буюк раққосларидан бири, рус балети артисти.

*Артур Эш (1943-1993), америкалик теннис устаси ва жамоат арбоби.

*Фрэнк Мур (1953-2002), америкалик рассом, ОИТСга қарши кураш тимсоли – қизил лента яратувчиси.

*Айзек Азимов (1920-1992), ёзувчи, кўплаб бастселлер асарлар муаллифи, юрагини операция қилаётган вақтда қон қуйишган, қондан ОИТС юқтириб олган.

ФАКТЛАР, РАҚАМЛАР…

*Тиббиёт тарихида ҳанузгача дунёнинг 5 қитъасини бир зумда қамраб олиб, доимий равишда ўсишга мойил касаллик аниқланилмаган.

*Ҳозирги кундаги маълумотларга кўра, дунё бўйича ОИТС билан касалланганларнинг сони 32,6 милионни ташкил этади.

*ОИТС вируси қонда, спермада, қиндан ажраладиган ажралмаларда, кўкрак сутида, кўз ёшларида мавжуд.

*Кўкрак сути ва кўз ёшларда вирус миқдори кўп бўлмайди.

ХУЛОСА ўрнида: Азизлар, бундай даҳшатли касалликка чалинмаслик учун соғлом ҳаёт тарзига риоя этайлик, ўзимизни ва болаларимизни турли хасталиклардан эҳтиёт қилайлик, саломатлигимизга беэътибор бўлмайлик, умрингиз узоқ бўлсин, қадрли инсонлар!

Читайте также:

Пожалуйста, не занимайтесь самолечением!
При симпотмах заболевания - обратитесь к врачу.